IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimlaridagi boʻsh boʻlgan serjantlik lavozimlariga IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti orqali ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qilinadi
2024-12-19 11:35:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimlaridagi boʻsh boʻlgan serjantlik lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti orqali ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi Jazoni ijro etish koloniyalar, Manzil-koloniyalar hamda Tergov hibsxonalarida boʻsh boʻlgan serjantlik lavozimlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan fuqarolar (erkak) 2024-yilning 16-dekabr kunidan 2025-yil 16-yanvar kuniga qadar soat 09.00 dan 17.00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ilovada koʻrsatilgan namunadagi hujjatlarni asli hamda nusxalarini koʻrsatgan holda murojaat etishlari mumkin:
1. Ariza;
2. Oʻzi hamda yaqin qarindoshlari fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi (asli hamda nusxalari bilan)
3. Harbiy guvohnoma;
4. Oliy taʼlim muassasasini (gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha) yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom);
4. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda, 086-forma).
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
- Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom);
- erkak (oʻgʻil bola) boʻlishi;
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi;
- boʻyi 165 sm va undan yuqori boʻlishi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi; (zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi).
Belgilangan kunlardan (2024 yil 16 dekabr kunidan 2025 yil 16 yanvar) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Murojaat uchun telefon: 71-231-53-91
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bogʻzor qoʻrgʻoni Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti binosi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati