“Yil ayoli” milliy tanlovida Navoiy viloyati IIB xodimalari ham faol qatnashdi
2024-12-17 12:45:00 / Yangiliklar
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshayotgan qolaversa, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovini eʼlon qilingan.
Tanlovda 35 yoshdan yuqori boʻlgan, oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari koʻzda tutilgan.
Navoiyda ham mazkur koʻrik tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 10 ta nominatsiya boʻyicha gʻolib ayol-qizlar aniqlandi. “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasida Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshligʻining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Gulbahor Usarova gʻolib boʻldi.
Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida Navoiy viloyati IIB nomidan MMI va KBTX boshligʻining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, mayor Sarvinoz Dushanova qatnashib, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasida faxrli 2-oʻringa munosib deb topildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati