Respublika ishchi guruhning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2024-12-14 17:05:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati prokuraturasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy yondashuv asosida oʻrganish, ularning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida oʻrganishlar olib borayotgan Respublika ishchi guruhning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Respublika ishchi guruhi vakillari va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼullari ishtirok etdi.
Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlari masʼullari va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari bilan har bir hududning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda hududdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni ilmiy yondashuv asosida oʻrganish, ularning asl sabablarini aniqlash va sodir etilganlarini fosh etish, “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarni “yashil” toifaga oʻtkazish yuzasidan ishchi guruh aʼzolariga tegishli koʻrsatma va yoʻriqnomalar berildi.
Bu boradagi ishlar joylarda davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati