“Prezident archasi” va “Yangi yil bayrami” tadbirlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida xavfsizlikni taʼminlashga bagʻishlangan tezkor videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
2024-12-14 14:50:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining rahbar va masʼul xodimlari qatnashdi.
Unda, joriy yilning 11 oyi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va yoʻllarda inson oʻlimini kamaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, shuningdek 2024-yilni ijobiy yakunlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
Shuningdek, bayram tadbirlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va tashkil etish boʻyicha zarur boʻlgan barcha tashkiliy, profilaktik chora-tadbirda, jumladan muhim ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida xavfsizlikni yuqori darajada taʼminlash, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik vazifasiga jiddiy yondashish kerakligi taʼkidlanib oʻtildi.
Barcha yigʻilish qatnashchilariga yurtimizda olib borilayotgan har qanday islohotlarning yagona maqsadi, yagona gʻoyasi ostida – yaʼni davlat idoralarini chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, xalqqa yaqin boʻlish kabi tamoyillarga asoslantirilganligi vazir oʻrinbosari tomonidan yetkazildi.
IIV JXD Axborot xizmati