IIV Malaka oshirish institutida professor-oʻqituvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi
2024-12-14 10:55:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, professor Axmadbek Yusupov, Institut rahbariyati va tadqiqotchilari, vazirlik taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Anjumanda yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ichki ishlar organlarining barcha darajadagi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlash uchun zaxiradagi xodimlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari ham ishtirok etdilar.
Tadbirda Ahmadbek Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikrlarini bildirdi.
Davra suhbati savol va javob tarzida davom ettirilib, ishtirokchilarning ilmiy ishlari bilan bogʻliq barcha savollariga atroflicha javob berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati