Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun“ maxsus profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Qarshi shahar IIO FMB va Dehqonobod tuman IIBda boʻldi
2024-12-14 10:20:00 / Yangiliklar
![Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun“ maxsus profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Qarshi shahar IIO FMB va Dehqonobod tuman IIBda boʻldi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F8caa0912-330d-ec03-db62-5cc3622ba0ed_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarshi shahar IIO FMB va Dehqonobod tuman IIBda boʻlib, “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri hamda kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlari tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishlar chogʻida boshqarma boshligʻi har ikkala ichki ishlar boʻlimi xodimlarining faoliyatlari atroflicha muhokama etilib, ulardagi muvaffaqiyat va kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida koʻrilgan chora-tadbirlar natijalari koʻrib chiqildi va tahlillar boʻyicha muhim topshiriqlar berildi. Faoliyat samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, kengaytirilgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar keng muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati