Qorovul qoʻshinlari komandirlariga tashkil qilingan oʻquv-uslubiy yigʻinda manzilli chora-tadbirlar yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi
2024-12-11 16:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 11-dekabr kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan respublikamizda Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi tarkibidagi barcha harbiy qism komandirlariga 7531-sonli harbiy qism bazasida tashkil qilingan oʻquv-uslubiy yigʻinida manzilli chora-tadbirlar yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.
Harbiy qism va batalyon komandirlari hamda ularning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻriqlab borish boʻyicha barcha turdagi qorovullik jangovar xizmatiga jalb etiladigan harbiy xizmatchilarni jangovar xizmatga tanlash, tayyorlash, tayinlash jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi amaliy mashgʻulotlarning oʻtkazilishi, harbiy xizmatchilarning kasb mahorati, harbiy xizmatda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan intizomni buzish holatlarini oldini olish, yakka va guruh tarkibdagi suhbatlarni koʻproq tashkillashtirilishi, qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibning psixologik holati ijtimoiy ahvoli boʻyicha chuqurroq oʻrganish kabi harbiy qism boʻlinma komandirlariga koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Shundan soʻng askarlarni xizmat qilishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirib ularni, yotoqxona, oshxona va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish xonalarini koʻzdan kechirib, intizombuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklari va askarlarni bir-birlari bilan xushmuomala boʻlishlarini aytib oʻtdilar.
Shuningdek, Vazir oʻrinbosari harbiy qism qoʻmondonligi va mansabdor shaxslariga harbiy xizmatchilarni xizmat oʻtashi uchun yanada qulay sharoit yaratish, boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi va shayligini oshirish, harbiy intizomni mustahkamlash yuzasidan vazifalar belgilab berdilar.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi