Toshkent viloyatida 250 nafar koʻngilli fuqarolar “Yoʻl posbonlari” safiga qoʻshilishdi
2024-12-07 11:45:00 / Yangiliklar
Ichki ishlar vazirining 2018-yil 11-iyun kunidagi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi “Yoʻl posboni” toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi tegishli buyrugʻiga asosan Toshkent viloyat IIBB JXX YHXB tomonidan jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi “Yoʻl posboni” faoliyati tashkil etildi.
Tegishli buyruq asosida 250 nafar koʻngilli fuqaro “Yoʻl posbonlari” safiga qabul qilinib, ularga nur qaytaruvchi kamzul, maxsus tayoqcha va qabul qilinganligi toʻgʻrisida guvohnomalar tarqatildi. Jarayonda, ularga qonunchilikda belgilangan vazifalari, huquqlari va amalga oshirishi zarur boʻlgan ishlar tushuntirib oʻtildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati