Xorazm viloyatida IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimovning sayyor qabuli tashkil etildi
2024-12-05 17:15:00 / Yangiliklar
Qabul davomida fuqarolarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl infratuzilmasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, mahallalardagi taʼlim muassasalari yonida piyodalarning xavfsiz harakati uchun sharoit yaratish singari masalalar yuzasidan murojaatlari oʻrganildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlar talab etmaydigan murojaatlar shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlarni tegishlicha tartibda, belgilangan muddatda koʻrib chiqish hamda hal etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi va barcha murojaatlar shaxsan YHXX rahbarining nazoratiga olindi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati