BMT Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining Dasturi doirasida ballistik ekspertiza boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi
2024-12-02 16:25:00 / Yangiliklar
Rasmiy kelishuvga muvofiq BMT Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining “2023-2025-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi sud-ekspertlik muassasalarining salohiyatini mustahkamlash – Faza-III” Dasturiga muvofiq 2024-yilning 2-6-dekabr kunlari ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari va boshqa davlat sud ekspertiza muassasalarining ekspertlari uchun “Qurol va uning tarkibiy qismlarining ballistik ekspertizasi” mavzusida Litva politsiyasi mutaxassislari ishtirokida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazining ballistik laboratoriyasida oʻquv kursi tashkil etildi.
Oʻquv dasturiga muvofiq amaliy oʻquv mashgʻulotida yaroqsiz yengil avtotransportni turli xil oʻqotar qurollaridan otib, avtotransportning kapot, eshik, oyna va oʻrindiqda oʻqdan qoldirilgan izlar boʻyicha yoʻnalishi va masofasini aniqlash, shuningdek hodisa joyini dron orqali koʻzdan kechirishning oʻziga xos usul vositalari boʻyicha ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari hamda boshqa davlat sud ekspertiza muassasalarining 18 nafar sud ekspertlarini ballistika sohasidagi malakasi oshiriladi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 2-dekabr kuni “Qurol va uning tarkibiy qismlarining ballistik ekspertizasi” mavzusidagi oʻquv kursini ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktor oʻrinbosari – Sh.Kayumov, Toshkentdagi AQSH elchixonasining “INL” loyiha rahbari – Neyt Rettenmayer, BMT Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi vakili – M.Sultanov, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi – S.Nuriddinovlar ishtirok etishdi.
Umuman olganda, mazkur oʻquv kursi oʻqotar qurol noqonuniy muomalasi va qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish va fosh etishda xalqaro standartlarga muvofiq ashyoviy dalillar boʻyicha isbotlov bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ekspert-kriminalistika bosh markazi