Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari oʻrtasida “Mard oʻgʻlon” harbiy koʻpkurash musobaqasi oʻtkazildi
2024-11-30 20:55:00 / Yangiliklar
Yosh xodimlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini, shuningdek, ularning kasbiy va jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush-tarzini keng targʻib qilish hamda Ichki ishlar vazirining 2024-yil 4-apreldagi 107-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida yosh xodimlar oʻrtasida “Mard oʻgʻlon” harbiy koʻpkurash musobaqasi oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan musobaqa natijasiga koʻra, Oltinkoʻl tumani IIB jamoasi 3-oʻrinni, viloyat IIB JXX JTSB jamoasi 2-oʻrinni hamda Qoʻrgʻontepa tumani IIB jamoasi esa faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan yosh xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush-tarzini keng targʻib qilish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati