IIV Malaka oshirish institutida “Sud ekspertizasi turlari va sunʼiy intellektni qoʻllash” boʻyicha oʻquv kurslari yakunlandi
2024-11-30 09:50:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Koreya milliy politsiya agentligi va Kyungbuk milliy universiteti xodimlari tomonidan “Sud ekspertizasi turlari va sunʼiy intellektni qoʻllash” mavzusi boʻyicha uch kun davom etgan oʻquv kurslari yakunlandi.
Mazkur seminar ishtirokchilari sud ekspertlik faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari va kriminalistik koʻzdan kechirishning ilgʻor yechimlari boʻyicha uslubiyotlarni amaliy oʻrganishga hamda professor-oʻqituvchilarga oʻqitishning zamonaviy shakl va usullari, sunʼiy intellekt va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash istiqbollari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.
Seminar qizgʻin munozara va oʻzaro fikr almashuvlar ruhida oʻtdi. Ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga koreyalik mutaxassislar batafsil javoblar berishdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati