Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida sambo boʻyicha XXXIII Spartakiada musobaqasi oʻtkazildi
2024-11-29 18:55:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati kengashining 2024-yil kalendar rejasiga koʻra, 27-29-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “JAR” SSMda sambo boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida XXXIII Spartakiada musobaqasi oʻtkazildi hamda unda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining 13 ta jamoalari tarkibida 150 nafar xodimlar oʻzaro bellashdilar.
Mazkur musobaqada Vazirlik terma jamoasidan jami 12 nafar xodim munosib ishtirok etib, jami 6 ta (3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza) medalga ega boʻldi.
Jumladan:
- 64 kg vazn toifasida Samarqand viloyati IIB xodimi, kichik serjant Ochilov Maqsud Salim oʻgʻli – oltin medal;
- 71 kg vazn toifasida Buxoro viloyati IIB xodimi, kichik serjant Moʻminov Ubaydulla Olimovich oʻgʻli – bronza medal;
- 79 kg vazn toifasida Buxoro viloyati IIB xodimi, kichik serjant Aminov Amirbek Oʻktam oʻgʻli– kumush medal;
- 88 kg vazn toifasida Buxoro viloyati IIB xodimi, kichik serjant Ibroyimov Xudoyor Shavkat oʻgʻli – kumush medal;
- 98 kg vazn toifasida Samarqand viloyati IIB xodimi, kichik serjant Yoqubov Neʼmat Isoq oʻgʻli – oltin medal;
- +98 kg vazn toifasida Toshkent viloyati IIBB xodimi, kichik serjant Turoboyev Oʻtkirbek Toshtemir oʻgʻli – oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yakuniga koʻra umumjamoa hisobida Ichki ishlar vazirligi jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.