Sulola. Hamfikr, yelkadosh boʻlish – katta baxt
2024-11-29 11:55:00 / Yangiliklar
Nishonovlar sulolasining asoschisi Nabijon aka Ikkinchi jahon urushidan keyingi ogʻir yillarda uchastka inspektori, jinoyat qidiruv xizmati xodimi boʻlib faoliyat yuritgan. Kapitan unvonida, Andijon shahridagi bolalarni vaqtincha qabul qilish muassasasi boshligʻi lavozimidan pensiyaga chiqqan.
Katta oʻgʻli Sodiqjon uning izidan borib, IIV Toshkent oliy maktabini tamomlagach, viloyat IIBning turli boʻlinmalarida xizmat qildi. Andijon shahar IIB Jinoyat qidiruv boʻlinmasi, shahar IIB 1 va 2-boʻlinmalari ham da Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi lavozimlarida faoliyat koʻrsatdi. S. Nishonov viloyat IIB PPX va JTSB tumanlararo patrul-post xizmati otryadi komandiri lavozimidan, podpolkovnik unvonida pensiyaga chiqdi.
Nabijon akaning ikkinchi oʻgʻli, isteʼfodagi mayor Baxtiyor Nishonov Andijon shahar IIBda ekspert-kriminalist boʻlib, koʻp yillar sidqidildan xizmat qildi, yuzlab jinoyatlarni ochishga katta hissa qoʻshdi.
Hozirgi kunda sulola ishini davom ettirayotgan nabira, safdor Samandar Nishonov viloyat IIB YHXB YPX inspektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Yana bir nabira serjant Iskandarbek Nabiyev ham ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlarida faoliyat yuritib, Andijon shahar IIOFMB Probatsiya boʻlimi inspektori etib tayinlandi. Iskandarbek xizmatdan ayrilmagan holda Andijon davlat universitetini tamomladi. U ham bobosi kabi ofitser boʻlish arafasida.
Tanlovimning asosiy sababi bobom va otam ishini davom ettirish boʻlgan, deydi serjant Iskandarbek Nabiyev. Mazkur kasb sohiblari yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi uchun koʻpincha oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyishadi. Bu gʻoyat sharafli burch. Yurtimizda yashayotgan insonlar osoyishtaligini qoʻriqlab, ularning koriga yarashni istayman. Ishonamanki, oilam men bilan faxrlanadi.
Nishonovlar sulolasi uchun bir damlik, vatanparvarlik, sharaf va or-nomus shunchaki oddiy soʻzlar emas.
Bolalar biznikidek oilalarda voyaga yetsa, ichki ishlar organlaridagi xizmat nima ekanini erta anglaydi. Oilamdagilarning hammasi kasbi mizning oʻziga xos jihatlarini juda yaxshi bilishadi. Bu oʻzaro tushunish va ishonch shakllanishiga xizmat qiladi. Oilada bir-biriga hamfikr, yelkadosh boʻlish katta omad va baxt, deydi isteʼfodagi podpolkovnik Sodiqjon Nishonov.
“Postda” gazetasi