Qirgʻiziston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari militsiya general-mayori Oktyabr Urmambetov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
2024-11-27 09:50:00 / Yangiliklar
Qirgʻizistonlik mehmonlar dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev va tegishli xizmat boshliqlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Shundan soʻng delegatsiya vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlar shu yerdagi yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, xizmat tomonidan vazirlik sohaviy xizmatlari faoliyati, xodimlar ish jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritilishi hamda yaratilgan ijodiy materiallar tomosha qilishib, markaz xizmatiga tatbiq qilingan yondashuvlarga yuqori baho berdilar.
Uchrashuv davomida Qirgʻiziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari Toshkent shahar IIBBda boʻlib, IIBB Kiberxavfsizlik markazi, Axborot multimedia markazi va Yagona tezkor boshqaruv markazi hamda Bosh boshqarma tarixi muzeyi bilan yaqindan tashishdi.
Ochiq va doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv mobaynida mehmonlar yurtimizda olib borilayotgan islohot va ichki ishlar tizimining bugungi qiyofasi haqida iliq fikrlar bildirishdi.
Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati