Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov “qizil” toifadagi “qizil” toifadagi mahallalarni oʻrgandi
2024-11-24 09:00:00 / Yangiliklar
“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida viloyatning barcha shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam koʻrsatish orqali huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov Shahrisabz shahar “qizil” toifadagi “Namozgoh” mahallasida boʻlib, boshqarma boshligʻi mahalla yettiligi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdi.
Oʻrganishlar jarayonida mahallada jinoyatlarni sodir etilishiga sabab boʻlgan omillar va kelgusida ularni oldini olish va qizil toifadan chiqish boʻyicha ishlab chiqilgan reja dastur taqdimoti, aholi va xonadonlar soni boʻyicha profilaktika inspektori boshqarma boshligʻiga hisobot berdi.
Mahalla yettiligi bilan hududda yashovchi alohida toifadagi shaxslar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, bandligi taʼminlanmagan, doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan fuqarolar bilan suhbatlashib, muammolarini tingladi.
Muloqot davomida fuqarolarning aniqlangan muammolarini hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati