IIV akademiyasida “Axborot tizimidan foydalanib sodir etilayotgan oʻgʻirlik va firibgarlik jinoyatlarini tergov qilish: nazariya va amaliyot” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
2024-11-23 09:25:00 / Yangiliklar
Manfaatdor tashkilotlar, ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, amaliyot organlari vakillari, olimlar, akademiya magistraturasi tinglovchilari hamda “tergov faoliyati” ixtisoslik yoʻnalishi kursantlari ishtirok etdi.
Dolzarb mavzu yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV huzuridagi Tergov departamenti hamda IIV akademiyasi vakillarining maʼruzalari tinglandi. Kiberjinoyatlarning oʻziga xos xususiyati, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan oʻgʻirlik va firibgarliklar, ularni tergov qilish masalalari, xususan, dastlabki tergov bosqichida isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar, bu borada huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Maʼruza va chiqishlar doirasida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida faoliyatning samarali yechimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati