Surxondaryo viloyati sektor rahbarlarining galdagi ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi
2024-11-22 10:55:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati prokurori, viloyat ichki ishlar va soliq boshqarmasi boshliqlari tomonidan Boysun tumani hududida oʻtkazilgan qabulda, masʼullar, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
«Ommaviy sayyor qabuli» jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, sogʻligini tiklash masalasida moddiy yordam berish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, baʼzi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosini oʻrganish uchun qoʻshimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat masʼullariga yoʻnaltirilib, boshqarma boshligʻi tomonidan alohida nazoratga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati