Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlarining odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi malakasi oshirilmoqda
2024-11-21 13:00:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun toʻrt seriyali: “Odam savdosi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish va sudlovni amalga oshirish asoslarini qoʻllash, global va mintaqaviy tendensiyalar“ga bagʻishlangan seminarlarning navbatdagi bosqichi Toshkent shahrida tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining odam savdosiga qarshi kurashishga masʼul rahbar hamda xodimlari ishtirok etmoqda.
2024-yil 18-19-noyabr kunlari Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tadbirda mutaxassislarni odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro normalar, rivojlangan davlatlar tajribasi bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, moliyaviy tergovni amalga oshirish davomida xalqaro hamkorlikning ahamiyati tushuntirildi.
Ishtirokchilar yurituvlarida boʻlgan hujjatlar boʻyicha tekshiruv oʻtkazishda Politsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (INTERPOL) bilan hamda fuqarolik jamiyatining faol vakillaridan biri boʻlgan Respublika “Istiqbolli-avlod” ijtimoiy-axborot markazi bilan hamkorlikda olingan koʻpgina foydali maʼlumotlar haqida hamda ushbu hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyati borasida soʻzlashdi.
Taklif etilgan xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan sohaga oid yangiliklarni, jumladan odam savdosini oldini olish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish, jinoyat uchun javobgarlik prinsipi muqarrarligini taʼminlash, hamkorlikni rivojlantirishning oʻziga xos jihatlari yetkazildi.
Treningda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan boʻlib, uning yakuni boʻyicha sohadagi faoliyatni yanada ijobiy natijalar qayd etilishi kutilmoqda.
IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati