Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar
2024-11-21 11:00:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati IIB va “Xavfsiz shahar” markazi bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Unga koʻra, kriminogen jihatidan ogʻir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yuzdan tanib olish, PTZ aylanma, shahar va tumanlarga kirish-chiqish obyektlariga transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi hamda yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi uchun intellektual videokuzatuv kameralarini oʻrnatish rejalashtirilgan.
Hozirda belgilangan obyektlarda yaʼni Yakkabogʻ, Koʻkdala va Shahrisabz tumanlarida videokuzatuv kameralari oʻrnatilib ishga tushirish, maʼlumotlarni uzatish aloqa kanallari va elektr tarmogʻini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga viloyatda “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi server qurilmalari uchun tashqi elektr va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari tashkil etilib, platforma test rejimida ishga tushirildi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi