Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov tomonidan Urgut tumanida oʻrganishlar olib borildi
2024-11-20 16:45:00 / Yangiliklar
Xabar berib borayotganimizdek, viloyat 3-sektor rahbari, ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Rahmat Mamatov hududlarda boʻlib, mahalla yettiligi va masʼullar bilan uchrashib, aholining mavjud muammolarini oʻrganib, ularni ijobiy hal etish choralari bilan tanishmoqda.
Sektor rahbarining bu galgi oʻrganishlar manzili Urgut tumanidagi “Mirzabogʻlon” mahallasi boʻldi.
Mahallaga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berish va ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolar borligi aniqlandi.
Boshqarma boshligʻi mahallada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga toʻsiq boʻlayotgan muammolar oʻrganildi va yechimi boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati