Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun Toshkent viloyatida keng nishonlandi
2024-11-19 10:45:00 / Yangiliklar
Shu munosabat bilan bugun Nurafshon shahrida oʻrnatilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi ostida viloyat faollari, senatorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hudud aholisi va yoshlar jam boʻlishdi. Barcha xalqimizning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoliga samimiy hurmat bajo keltirdi. Faxriy qorovul saf tortdi.
Ichki ishlar organlari, Mudofaa boʻlimi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar, avtoulovlarda harbiy xizmatchilar ishtirokidagi tantanali parad boʻlib oʻtdi.
“Millat bayrogʻi” shiori ostida boshlangan tadbirda dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tadbirni ochib, barchani bugungi shodiyona bilan tabrikladi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati