Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Madaniyat markazi” binosida viloyat sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi
2024-11-17 10:40:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va sektor rahbarlari tomonidan oʻtkazilgan uchrashuvda barcha tumanlardan yer olgan hamda “Yoshlar daftari”dan yordam olgan yoshlar, shuningdek, tumandagi mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, aksariyati qismiga joyida yechim topildi va muddat talab etilganlarining ijrosi masʼullarga yoʻnaltirildi.
Hozirda viloyat aholisining 652 ming nafarini 14-30 yoshli yigit-qizlar tashkil etadi. 2024-yildan boshlab yangicha tizim asosida 652. 879 nafar yoshlar balansi shakllantirildi va 3 toifaga ajratilib, ular bilan individual ishlash tizimi joriy etildi. Shuningdek, 52 ming ishsiz yoshlar bandligi taʼminlanib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 11.118 nafar yoshlardan esa 7.342 nafariga 14,7 mlrd. soʻmlik amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati