Jazoni ijro etish departamenti xodimi sambo boʻyicha jahon chempionati sovrindori boʻldi
2024-11-16 10:55:00 / Yangiliklar
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqada dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi medallar uchun kurash olib bordilar.
Mazkur musobaqada -88 kg vazn toifasida munosib bahs olib borgan JIED xodimi, Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo boʻyicha) kumush medalini qoʻlga kiritdi.
Chempionat yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti jamoasi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan barcha sportchi va murabbiylarni muborakbod etadi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati