Vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida oʻtkazilgan kompleks tekshiruv yakuni boʻyicha muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2024-11-16 09:40:00 / Yangiliklar
Yigʻilish davomida, Samarqand viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasida joriy yilning 10 oy davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.
Jarayonda jinoyatchilikni barvaqt jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf qilish borasidagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan muhim chora-tadbirlar belgilab olinib, general-mayor Bekmurod Abdullayev tomonidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati