Navoiy shahar IIB profilaktika inspektorlari uchun “E-ijtimoiy profilaktika“ elektron platformasi bilan ishlash boʻyicha oʻquv-seminari tashkil etildi
2024-11-14 10:05:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati hududida viloyat IIB boshligʻi tomonidan tasdiqlangan “Obod va xavfsiz mahalla“ tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Ijtimoiy profilaktika yoʻnalishida amalga oshirilishi lozim boʻlgan profilaktik chora-tadbirlar boʻyicha dasturi“ ijrosi yuzasidan Navoiy shahar IIBda profilaktika inspektorlari bilan “E-ijtimoiy profilaktika“ elektron platformasi bilan ishlash boʻyicha oʻquv-seminari tashkil etildi.
Unda “Ijtimoiy profilaktika”ning asosiy yoʻnalishlari, bu borada profilaktika inspektorlariga yuklatilgan vazifalar, shuningdek, amaliyotga joriy qilinayotgan yangi tizimning dolzarb ahamiyati, aholi bilan manzilli ishlashdan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida suhbatlashildi.
Seminar jarayonida elektron platformada ishlash tartibi yuzasidan maʼlumotlar hamda xodimlarni savollariga batafsil javob berildi. Xuddi shu kabi oʻquv-seminarlari barcha shahar-tumanlarda tashkil etilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati