Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Angren temir yoʻl bekatida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi xodimlarining xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2024-11-13 12:15:00 / Yangiliklar
Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining Angren temir yoʻl bekatidagi boʻlinmasida xizmat olib mintaqa xodimlari va “Neft”, “GM Uzbekistan” maxsus kuzatuv batalyonni xodimlarining xizmat faoliyati atroflicha koʻzdan kechirildi.
Xususan Angren temir yoʻl bekati xizmat hududiga qarashli boʻlgan, Markaziy Osiyodagi eng yirik konlardan biri “Oʻzbekkoʻmir“ AJning “Angren” koʻmir koni koʻzdan kechirildi.
Hozirgi kunda koʻmirga boʻlgan talabning muttasil oshib borayotgani, qazib olinayotgan koʻmir Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari, byudjet tashkilotlari hamda aholi ehtiyojlari uchun yetkazib berilishida temir yoʻl orqali vagonlarda tashilayotgan koʻmir mahsulotlarning talon-taroj qilinishini oldini olish yuzasidan masʼul xodimlarga bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, temir yoʻl ishchilari va yoʻlovchi fuqarolar hamda xizmat hududlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼul xodimlarga koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi