Samarqand viloyati IIB tibbiyot boʻlimi xodimlari sana munosabati bilan taqdirlandi
2024-11-13 10:05:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni sifatida har yili tantanali ravishda nishonlanib kelinadi.
Sana munosabati bilan bugun Samarqand viloyati IIB tibbiyot boʻlimi xodimlari ishtirokida uyushtirilgan bayram tadbirida ham soha xodimlariga hurmat va ehtirom koʻrsatildi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tibbiyot xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng, tibbiyot boʻlimida uzoq yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar, shifokorlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlariga bayram munosabati bilan tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati