Respublikamizning barcha hududlarida “Dolzarb 50 kunlik“ maxsus profilaktik tadbiriga start berildi
2024-11-09 08:30:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi polkovnik Sherzod Ibragimov tomonidan Samarqand viloyatida YHXB va boshqa sohaviy xizmat xodimlariga xizmat oldi yoʻriqnoma berildi.
Xizmatga jalb etilgan xodimlar tartib va intizomga qatʼiy rioya qilgan holda xizmat olib borishlari alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida jamoat tartibini va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirilgan tarzda amalga oshiriladi.
YPX xodimlari yoʻllardagi xavfsizlikni taʼminlash, qoidabuzarliklarga chek qoʻyish uchun profilaktik reydlar oʻtkazib, fuqarolarni Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirishadi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati