Qashqadaryo viloyatida “Dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiriga start berildi
2024-11-09 08:30:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida “Dolzarb 50 kunligi” oʻtkazilmoqda.
Yoʻriqnomada Qarshi shahrini jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga eʼtibor qaratish lozim boʻlgan holatlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Viloyat hokimi Murodjon Azimov va sektorlar rahbarlari Qarshi shahridagi 64 ta mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlashga xizmat qilayotgan zamonaviy, yuzni identifikatsiya qiluvchi videokuzatuv kameralaridan samarali foydalanish, sodir etilayotgan har bir huquqbuzarlik va jinoyatlarni chuqur tahlil qilgan holda, ilmiy yondashuv asosida natijadorlikka erishish borasida oʻzining tegishli tavsiya va topshiriqlarini berib, tungi xizmatga start berdi.
Reyd tadbirlari viloyat boʻylab davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati