Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining psixologiya yoʻnalishi boʻyicha kasbiy bilim va koʻnikmalari oshirildi
2024-11-07 09:00:00 / Yangiliklar
Tadbirda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda “Istiqbolli avlod” mutaxassislari gender zoʻravonlikka qarshi kurashishning xalqaro va milliy meʼyoriy huquqiy asoslari xususida soʻz yuritishdi.
Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish va bu boradagi psixologik yordam, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderi berish tartibi, shu qatorda urf-odatga asoslangan ijtimoiy meʼyorlar gender zoʻravonlikning sababi sifatida, zoʻravonlikning oilaviy nizodan farqi, gender zoʻravonlik ishtirokchilari va turlari, uning muammo sifatida tan olinishi kabi yoʻnalishlarda treninglar oʻtildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati