Samarqandda voleybol boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi oʻtkazildi
2024-11-05 13:00:00 / Yangiliklar
Unda hududlarning yoshlaridan tarkib topgan terma jamoalar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.
Musobaqaning ochilish marosimida Samarqand viloyati IIB rahbariyati soʻz olib, barcha qatnashchilarga zafarlar tiladi.
Shundan soʻng hakamlar hayʼati hamda tashkilotchilar tomonidan musobaqaga qatnashish maqsadida tashrif buyurgan jamoalardan iborat yoshlar tanishtirildi hamda ishtirokchilarga oʻyin shartlari tushuntirildi.
Soʻngra musobaqaga start berildi va unda jamoalar bor kuch gʻayratini ishga solib, shiddat bilan oʻyinlarga kirishdi.
Musobaqa bellashuvlari bahsli jarayonlarga boy boʻldi.
Murosasiz kechgan va qizgʻin bellashuvlar bilan oʻtgan musobaqa yakunida uning gʻoliblari aniqlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kelgan yoshlar musobaqalarda bor kuch-gʻayratini namoyon etib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin esa Qashqadaryo vohasi yoshlariga nasib etgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni Namanganlik yoshlar egalladi.
Gʻoliblarga kuboklar, faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mazkur musobaqalar jismoniy salomatlik va samimiy doʻstlik ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati