Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Pastdargʻom tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
2024-11-05 09:00:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Pastdargʻom tumanining “Qoqsoy” mahallasida aholi bandligini taʼminlash borasida va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganishda, viloyat va tuman sektor shtabi aʼzolari, mahalla yettiligi bilan muloqot tashkil qilinib, kambagʻallik roʻyxatida turuvchi xonadonlarga birma-bir kirib, muammolarni oʻrganish va hal etish choralari belgilab olindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish, oilalarni kambagʻallik reyestridan chiqarishda qonuniylikni taʼminlash boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati