Surxondaryoda oʻtkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichida ishtirokchilar sportchilar bilan uchrashishdi
2024-11-05 09:00:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi ogʻir, boʻlgan va salbiy xatti-harakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) oʻrtasida kelgusida oʻtkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud oʻzlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri oʻtkazilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida saqlanayotgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining sakkizinchi va toʻqqizinchi kunlari tadbir ishtirokchilari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini olib borish va unga amal qilish, sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, yurtimizdagi Olimpiya chempionlari va ichki ishlar organlaridagi sportchilar bilan davra suhbatlarini oʻtkazilib, sportchilar tomonidan master klass mashgʻulotlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, dam olish kunlarida turli xildagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tarbiyachisi katta serjant Safarova Sarvinoz tomonidan “Bir boʻlsak yagona xalqimiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida rasm chizish mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Dam olish kunining ikkinchi yarmida yoshlarni yot gʻoyalardan asrash maqsadida “Tinchlik qadri” nomli video rolik namoyish qilinib, bu orqali ommaviy madaniyat, turli xildagi salbiy oqimlar taʼsiriga tushgan yoshlarning ayanchli qismati, ularga qoʻyilgan cheklov va jazolar haqida tushunchalar berildi.
Kuzgi taʼtilning birinchi kunidan bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida, ingliz va rus tili toʻgaraklari markazning oʻzida tashkillashtirilib, soʻzlashuv nutqi boʻyicha oʻquv-darslari tashkillashtirildi.
“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati