Navoiy viloyati IIB xodimlariga “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi boʻyicha oʻquv — seminari oʻtkazildi
2024-11-03 11:00:00 / Yangiliklar
Xavfsiz shahar markazi direktori, mayor Ulugʻbek Kulanov tomonidan Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga oʻrnatilgan “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi bilan ishlash, axborot xavfsizligini taʼminlash talablari hamda joylarda oʻrnatilgan videokuzatuv qurilmalarini qoʻshish, ulardan qanday tartibda foydalanish boʻyicha tushuncha va koʻnikmalar berildi.
Shuningdek, viloyatda “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish dasturiga muvofiq, hududlar kesimida manzilli yillik loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi