Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimlarning ish faoliyatlari hamda yashash sharoitlari yaqindan oʻrganilmoqda
2024-11-02 09:25:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilash” toʻgʻrisidagi tegishli farmoyishiga asosan ularni ijtimoiy faolligi hamda kasbiy tashabbuskorligini oshirish, shuningdek, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, shu bilan birga, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni manzilli tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari mayor Barnoxon Mirzayeva tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, xizmat joylari va oilaviy sharoitlari yaqindan oʻrganilmoqda.
Hozirda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati