Toshkent shahar IIBBda ayollarni himoya qilish va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2024-10-30 10:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar hududiy markazi rahbarlari hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Prezidentning “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Mazkur qaror ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va zoʻravonlikka uchragan ayollar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yigʻilganlarga qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Bunda turli davlat organlarining ijtimoiy himoya qilish va jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha hamkorlikda ish olib borishi zarurligi taʼkidlandi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati