Samarqandda voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda
2024-10-30 07:25:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yoshlarimizning irodasini toblab, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch tuygʻusini mustahkamlamoqda, jismonan sogʻlom ulgʻayishida yuksak samara bermoqda.
Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 28-oktyabridan 3-noyabriga qadar oʻgʻil bolalar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.
Unda Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 19 yoshli oʻgʻil bolalar 14 ta jamoada bellashishmoqda.
Mazkur sport musobaqalari, yoshlar oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va sogʻlom raqobat muhitini yaratish yoʻlida xizmat qiladi.
Musobaqa jismoniy salomatlik va samimiy doʻstlik ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati