Ichki ishlar vazirligi masʼullari va Samarqand viloyati IIB mutasaddi xodimlari Paxtachi tumanida boʻlib, soha faxriylari holidan xabar olishdi
2024-10-22 16:45:00 / Yangiliklar
Uzoq yillar tizimda samarali faoliyat olib borib, jinoyat va turli huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda tashabbuskorlik koʻrsatgan faxriylar “25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bilan qizgʻin tabriklandi.
Oʻzaro suhbatlarda soha faxriylari oʻzlari ishlagan yillardagi xotiralarni yodga olishdi. Bugun ichki ishlar sohasida yaratilgan imkoniyatlar, xodimlarga berilayotgan imtiyoz va qulayliklar eʼtirof etildi.
Yosh xodimlarga yurt va Vatan ravnaqi yoʻlida, qasamyodiga sodiqlik bilan xizmat qilishi lozimligi qayd etildi.
Bayram munosabati bilan soha faxriylariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati