Xavfsiz turizm hamda mehnat migratsiyasi sohasida Oʻzbekiston va Bangladesh davlatlarining hamkorligi yanada rivojlanmoqda
2024-10-21 13:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligida Bangladesh Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Munirul Islam janoblari bilan Ichki ishlar vazirligi masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar kun tartibiga binoan xavfsiz turizm, taʼlim hamda tartibli mehnat migratsiyasi sohasida ikki davlat imkoniyatlari, mamlakatlar oʻrtasidagi viza tizimini soddalashtirish, shuningdek oʻzaro amaliy hamkorligining dolzarb yoʻnalishlari, xususan, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan tadbir yakunida sohaga oid hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.