Kriminologik faoliyatni ilmiy taʼminlash chora-tadbirlari olib borilmoqda
2024-10-19 11:40:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Kriminologik faoliyatni ilmiy taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining tajribali ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruhi Toshkent viloyati Zangiota tumani Ichki ishlar boshqarmasiga tumandagi kriminogen vaziyatni oʻrganib, amaliy yordam koʻrsatish uchun tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh aʼzolari hamda Zangiota tumani IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi bilan yigʻilish oʻtkazilib, tumandagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va kuzatilayotgan tendensiyalarni oʻrganish, mavjud boʻlgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr almashildi.
Oʻrganishlar davomida ilmiy-amaliy tahlillar asosida mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti