Namangan viloyati hokimi va sektor rahbarlarining tibbiyot sohasidagi yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi
2024-10-18 09:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari viloyatda sogʻliqni saqlash tizimida faoliyat olib borayotgan yosh tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
Unda, 200 nafardan ortiq yosh tibbiyot xodimlari, shuningdek, shu sohada tahsil olayotgan talabalar ishtirok etib, ular tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar, soha ishini yanada rivojlantirish istiqbollari va joriy yilda yoʻlga qoʻyilgan amaliyotlar hamda yosh kadrlar ilgari surayotgan loyihalar taqdimoti namoyish etildi.
Shundan soʻng, yoshlar tomonidan bildirilgan soha rivojiga hissa qoʻshuvchi taklif va murojaatlarini amaliyotga joriy etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish borasida chora-tadbirlar belgilandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati