Sud ekspertizasining dolzarb masalalari va zamonaviy imkoniyatlari mavzusida oʻquv-seminar mashgʻuloti tashkil etildi
2024-10-16 10:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan “Sud ekspertizasining dolzarb masalalari va zamonaviy imkoniyatlari” mavzusidagi oʻquv-seminar mashgʻuloti tashkil etildi.
Mashgʻulotda Ichki ishlar organlari tergov boʻlinmalari barcha shaxsiy tarkibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokuratura, DXX, Bojxona boshqarmalari tergovchi va surishtiruvchilari qatnashdilar.
Oʻquv-seminar mashgʻuloti Sud ekspertizasining dolzarb masalalari va zamonaviy imkoniyatlari, sohadagi islohotlar, muammo va yechimlar, shuningdek kriminalistik hisoblardan foydalanish va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasini aniqlashning oʻziga xos imkoniyatlari mavzularida boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov va sohaning boshqa bir qancha yetuk mutaxassislari oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda tergovchi va surishtiruvchilar malakali mutaxassislardan kerakli bilimlarni egallashib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti