Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi oʻrganishlari tafsiloti
2024-10-15 13:00:00 / Yangiliklar
![Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximovning Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi oʻrganishlari tafsiloti](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F6d8b6737-bf2f-93ff-f547-887d11aa540d_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Navbatdagi oʻrganishlar jarayonida, vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan mazkur tumanning issiqlik manbai va gaz tarmoqlari, shuningdek, elektr stansiyalarining ishlash rejimi tahlillari asosida, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga elektr, tabiiy gaz va ichimlik suvi, koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish holatining kuz-qish mavsumiga shayligi, energotejamkorlikni taʼminlash ishlari bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Shuningdek, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida, profilaktika inspektori va mahalla yettiligining amalga oshirilayotgan ishlari va tuman ishchi guruhi koʻzdan kechirildi.
Tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlari, isitish tizimlari bilan tanishib, kuz-qish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirilib, masʼul xodimlarga bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
Vazir oʻrinbosarining Xorazm viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati