Asosiy kontentga o'tish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Amudaryo tumani hokimi Sabir Xojametovlar ishtirokida tuman hududida yuz bergan ogʻir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi

2024-10-15 09:00:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani hududidagi Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablariga oid majlis oʻtkazildi.

Unda tuman hokimi Sabir Xojametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tuman sektor rahbarlari, shuningdek, mahalla va ovul fuqarolar yigʻini yettiligi ishtirok etib, sodir etilgan ogʻir jinoyatlar muhokama qilindi.

Muhokamada soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov bugungi kunda respublika hududida yuz berayotgan jinoyatlar asosan oilaviy janjallar oqibatida sodir bulayotgan taʼkidlab oʻtdi. Yigʻilish soʻngida mahalla yettiligi va korxona tashkilotlarning javobgar shaxslariga bunday jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan targʻibot tashviqot ishlarini kuchaytirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

155

Oxirgi yangilanish: 2024-10-16 07:40:41