Oʻzbekiston terma jamoasi Shri-Lankada oʻtgan voleybol boʻyicha chempionatda gʻolib boʻldi
2024-10-14 10:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 6-12-oktyabr kunlari Shri-Lankaning Kolombo shahrida “CAVA U20 Menʼs volleyball Championship 2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli va shiddatli oʻtgan bellashuvlarda terma jamoamiz Qirgʻiziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv va Shri-Lanka jamoalari ustidan gʻalaba qozonib, final bosqichiga yoʻl oldi.
Final uchrashuvida Nepal jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, birinchi marotaba Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) musobaqalarida birinchi oʻrinni egallab oltin medallarga sazovor boʻldi.
Shuningdek, terma jamoamiz sportchilari Xaydarov Ogʻabek musobaqaning “Eng yaxshi oʻyinchisi”, Murodov Mirziyod “Eng yaxshi toʻp koʻtaruvchi ”, Mirobidinov Saidjamol “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari gʻoliblari deb topildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati