Toshkent shahar IIBB probatsiya xizmati xodimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvida amaliy yordam koʻrsatilmoqda
2024-10-14 06:55:00 / Yangiliklar
Yashnobod tumani IIO FMB probatsiya xizmati tashabbusi bilan Bandlikka koʻmaklashish markazi vakillari bilan hamkorlikda Koreya madaniyati markazida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasini Probatsiya nazorati ostida jazo oʻtab kelayotgan ishsiz boʻlgan 12 nafar shaxs qatnashdi. 5 nafari mutaxassisligi boʻyicha ishga yoʻllanma olgan boʻlsa, muayyan kasbga ega boʻlmagan 2 nafar shaxsga “Ishga marhamat” Monomarkazi qoshidagi kasbga oʻqitish kurslarida bepul oʻqish uchun yoʻllanma berildi.
Mehnat yarmarkasida ishtirokchilarga ijtimoiy xizmatlar paketlaridan foydalanish, subsidiyalar olish, imtiyozli kreditlar olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy masalalarda huquqiy yordam koʻrsatildi.
Bu kabi tadbirlar boshqa tumanlarda ham davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati