Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi oʻrganishlari tafsiloti
2024-10-11 12:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximovning navbatdagi oʻrganishlari Xorazm viloyatining Hozarasp tumani hududlarida boʻlib, tumandagi aholi turar joylari va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, tumanida yaratilgan shart-sharoitlar, aholi yashash xonadonlari va ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, profilaktika inspektori va mahalla yettiligining amalga oshirilayotgan ishlari atroflicha koʻzdan kechirildi.
Xususan mazkur tuman hokimiyati vakillari bilan tuman elektr tarmogʻi, tuman tibbiyot birlashmasi, Paxlovon va Al-Xorazmiy mahallalari atroflicha oʻrganilib, hududlarga biriktirilgan profilaktika inspektorlarning xizmat faoliyati koʻzdan kechirildi.
Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish, aholi bilan doimiy aloqada boʻlish, aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan bir qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek tuman tibbiyot birlashmasining isitish tizimlari bilan tanishib, kuz-qish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirilib, masʼul xodimlarga bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
Vazir oʻrinbosarining Xorazm viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati