Buxoroda ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichlari oʻtkazilmoqda
2024-10-10 16:00:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122-sonli Qarori ekspert-kriminalistika sohasini rivojlantirish borasida bir qator yutuqlarga erishishda asosiy mezon boʻlib xizmat qilib kelmoqda.
Ushbu Qarorga asosan, Respublika ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.
Mazkur tanlovni Respublika bosqichi joriy yilning 10-oktyabr kuni Buxoro viloyatida oʻtkazilmoqda.
Dastlab Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Soʻngra koʻrik tanlovning birinchi shartida ekspertlar kriminalistika mavzusiga oid insho yozishdi. Bunda barcha ishtirokchilar bor imkoniyat va bilimlarini namoyish etib, oʻz kasbiga boʻlgan eʼtiborini koʻrsatgan xolda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi bilimlarini ham namoyon etdi.
Ushbu koʻrik-tanlov oʻzaro tajriba almashish, ekspert-kriminalistika yoʻnalishida xizmat olib borayotgan xodimlarning amaliy va nazariy koʻnikmalarini mustahkamlash hamda ilmiy salohiyatini oshirish maydoni boʻlib xizmat qiladi.
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi