Asosiy kontentga o'tish

IIV Probatsiya xizmati boshligʻi polkovnik Sharof Uralov Navoiy viloyatiga tashrifi davomida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

2024-10-10 12:20:00 / Yangiliklar

IIV JXD Probatsiya xizmati boshligʻi, polkovnik Sharof Uralov Navoiy viloyatiga tashrifi davomida dastlab, Karmana tumanining “Mirsaid Bahrom” hamda “Beshkent” MFYlarida boʻlib, yettilik faoliyati hamda hududdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, mahallani raqamlashtirishga oid ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mahallada tashkil etgan sayyor qabulda ham ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini oʻrgandi. Oʻz oʻrnida, muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan muhim tavsiyalarini berdi.

Oʻrganishlarning keyingi manzilida tashrif ishtirokchilari Qiziltepa tumani IIB Probatsiya guruhi xodimlari bilan uchrashib, muqaddam berilgan 34 ta topshiriqning ijrosi yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

449

Oxirgi yangilanish: 2024-10-10 22:57:59

IIV Probatsiya xizmati boshligʻi polkovnik Sharof Uralov Navoiy viloyatiga tashrifi davomida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi